“Tashabbuslar marafoni”ga barcha hududlarda start berilmoqda
Yoshlar oyligi doirasida respublikaning barcha hududlarida “Tashabbuslar marafoni” boshlanmoqda. Marafon tadbirkorlik, kitobxonlik, volontyorlik va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Marafonga Yoshlar oyligi doirasida barcha hududlarda start berilmoqda. Loyiha yoshlarning yangi tashabbus va g‘oyalari uchun navbatdagi maydon sifatida tashkil etilmoqda.
Marafon g‘oyasi bor, yangi do‘stlar va kuchli jamoa izlayotgan yoshlar uchun muloqot maydoni vazifasini bajaradi. Dastur davomida tajribali mutaxassislar hamda ijodkorlar bilan yaqindan muloqot qilish va hamkorlik o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Marafon quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- tadbirkorlik
- kitobxonlik
- volontyorlik
- xorijiy tillarni ommalashtirish
- madaniyat va san’at
- sun’iy intellekt
- startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash
Marafon yurtimizning so‘lim maskanlari, istirohat bog‘lari va diqqatga sazovor joylarida o‘tkazilish rejalashtirilgan. Ro‘yxatdan o‘tish https://yoshlar.gov.uz/marathon sahifasi orqali amalga oshiriladi.



