“IELTS marafoni”da imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladi
“Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasida “IELTS marafoni” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Ishtirokchilarga ingliz tilini o‘rganish va xalqaro sertifikat olish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
“IELTS marafoni” loyihasiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
Loyiha “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasida tashkil etilmoqda. Marafon davomida ingliz tilini o‘rganish, IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rish va xalqaro sertifikat olish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Dasturdan tajribali mutaxassislarning mahorat darslari o‘rin olgan. Shuningdek, amaliy seminar va treninglar hamda ochiq muloqot va savol-javob mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tish https://yoshlar.gov.uz/marathon sahifasi orqali amalga oshiriladi.