“Milliy Fashion Show” respublika bosqichida milliy liboslar zamonaviy talqinda namoyish etiladi
“Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasida “Milliy Fashion Show” loyihasining respublika bosqichi o‘tkaziladi. Unda hududlardan saralangan iqtidorli yoshlar ishtirok etadi.

Loyiha “Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasida tashkil etilmoqda. Tadbirda yurtimizning turli hududlaridan saralangan iqtidorli yoshlar milliy liboslarni zamonaviy talqinda namoyish etadi. Ishtirokchilar o‘z kreativ yondashuvi va betakror uslubini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Loyiha milliy merosni zamonaviy moda orqali targ‘ib etishga qaratilgan. U yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, milliy liboslar jozibasini keng targ‘ib qilish hamda moda sohasiga qiziquvchi yoshlarni bir maydonda jamlashni nazarda tutadi.
Respublika bosqichiga barcha yoshlar, talabalar va moda ixlosmandlari taklif etilmoqda. Ro‘yxatdan o‘tish https://yoshlar.gov.uz/marathon sahifasi orqali amalga oshiriladi.



