“Yangi avlod yetakchilari maktabi”ning beshinchi o‘quv-seminari 16-may kuni o‘tkaziladi
Toshkent shahridagi oliy ta’lim tashkilotlari boshlang‘ich tashkilotlarining Yoshlar yetakchilari uchun navbatdagi o‘quv-seminar 2026-yil 16-may kuni Olimpiya shaharchasida tashkil etiladi.

Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim tashkilotlaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlarining Yoshlar yetakchilari uchun “Yangi avlod yetakchilari maktabi”ning beshinchi o‘quv-seminari 2026-yil 16-may kuni Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladi.
O‘quv-seminar davomida oliy ta’lim tashkilotlarida ommaviy sportni rivojlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport tadbirlarini tashkil etish hamda Yoshlar yetakchilarining bu boradagi tashabbuskorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Dastur doirasida Yoshlar yetakchilari uchun Olimpiya shaharchasi bo‘ylab maxsus ekskursiya tashkil etilib, ular zamonaviy sport infratuzilmasi, sport obyektlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.



