Intellektual haftalikda poytaxt jamoalari va vakillari faxrli örinlarni qölga kiritdi
Respublika miqyosida ötkazilayotgan Intellektual haftalikning Breyn-ring, “Zakovat” hamda Şaxsiy öyin yönalişlari yakunlandi. Toşkent şahri oliy taʼlim taşkilotlari jamoalari va vakillari faxrli örinlarni egalladi.
1 / 3Haftalik respublika miqyosida ötkazilmoqda. Hozirga qadar yakunlangan Breyn-ring, “Zakovat” hamda Şaxsiy öyin yönalişlarida yurtimizning barça hududlaridan kelgan bilimdon yoşlar özaro bellaşdi.
Maʼlumot uçun, “Zakovat” intellektual öyinini aholi örtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantiriş çora-tadbirlari Prezidentning 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qarori bilan belgilangan. Qarorga muvofiq oliy va kasbiy taʼlim taşkilotlarida hamda hududiy Yoşlar markazlarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yölga qöyiladi, respublika bosqiçi ğoliblari bölgan talabalarga esa 2022/2023-öquv yilidan boşlab “Zakovat” stipendiyasi tölanadi.
Mazkur intellektual musobaqalarda Toşkent şahri oliy taʼlim taşkilotlari jamoalari va vakillari iştirok etdi. Yakuniy natijalar quyidagiça böldi:
- “Zakovat” öyini, 1-örin — Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti
- “Zakovat” öyini, 2-örin — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
- “Zakovat” öyini, 3-örin — Özbekiston Milliy universiteti
- Breyn-ring öyini, 3-örin — Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Şaxsiy öyin, 1-örin — INHA universiteti talabasi Muhammad Ali Valixonov
Taşkilotçilar qayd etişiça, bu natijalar Toşkent şahri yoşlarining bilim, tafakkur va tezkor fikrlaş darajasi respublika miqyosida ham yuqori ekanini körsatdi.





