“Biznes Marafon”da Xurshid O‘roqov jamoa qurish bo‘yicha master-klass o‘tkazadi
Onlayn “Biznes Marafon”ning navbatdagi mehmoni — “Everest” o‘quv markazi asoschisi Xurshid O‘roqov. Master-klass 2026-yil 19-fevral kuni soat 19:00 da jonli efirda o‘tkaziladi.

Onlayn “Biznes Marafon” loyihasining navbatdagi mashg‘uloti 19-fevral kuni soat 19:00 da jonli efirda o‘tkaziladi. Marafonning bu galgi spikeri — “Everest” o‘quv markazi asoschisi Xurshid O‘roqov.
Spiker marafon ishtirokchilariga “O‘quv markazi: muvaffaqiyatli jamoa qurish va mehnat samaradorligiga erishish yo‘llari” mavzusida master-klass o‘tadi.
Xurshid O‘roqov asos solgan o‘quv markazida hozirda 30 000 nafardan ortiq ta’lim oluvchi tahsil olmoqda, ularga 600 nafarga yaqin o‘qituvchi dars beradi. Spikerning o‘z ta’lim yo‘li quyidagichadir:
- Yevropaning ERASMUS MUNDUS ta’lim grantini qo‘lga kiritgan;
- Ispaniyaning “Santiago De Compostela” universitetida biznes boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan;
- “FLEX Exchange Program” g‘olibi sifatida AQSHda o‘qigan.
Jonli efir https://t.me/biznesmarafonuz kanalida o‘tkaziladi. Marafonlarda ishtirok etish uchun https://t.me/biznesmarafon_bot botida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.



