Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash mavzusida onlayn vebinar o‘tkaziladi
13-fevral kuni “Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash va FinTech’da muvofiqlik karyerasi” mavzusida onlayn vebinar o‘tkaziladi. Uchrashuv O‘zbekiston vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Vebinarda Moneff kompaniyasida Onboarding Manager lavozimida faoliyat yuritayotgan Latif Baratov ishtirok etadi. Uchrashuv Zoom platformasida o‘tkaziladi, boshlanish vaqti Buyuk Britaniya vaqti bilan soat 15:00 ni tashkil etadi.
Dasturga FinTech’da muvofiqlik tizimi qanday ishlashi, raqamli davrda pul yuvish va moliyaviy jinoyatlar xavfi hamda muvofiqlik va FinTech sohasida karyerani boshlash bo‘yicha tavsiyalar kiritilgan.
İshtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi — u https://shorturl.at/ASWp7 manzilida amalga oshiriladi, Zoom havolasi esa ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng yuboriladi.



