Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida döstlik sport musobaqalari ötkazildi
25–26-sentabr kunlari Özbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida “1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni”ga bağişlangan döstlik sport musobaqalari ötkazildi; unda 10 ta taʼlim muassasasidan 340 nafar yoş sportçi iştirok etdi.
1 / 6Musobaqa ikki tomonlama imzolangan hamkorlik memorandumlarida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida taşkil etildi. Unda Özbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti, Toşkent davlat transport universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universiteti, Çirçiq davlat pedagogika universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Bojxona instituti, Içki işlar vazirligi Akademiyasi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi jamoalari qatnaşdi.
Ikki kun davom etgan bellaşuvlarda iştirokçilar mini futbol, voleybol, arqon tortiş hamda 100 metr masofaga estafeta yuguriş böyiça jami tört yönalişda kuç sinaşdi. Musobaqa Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetidan jalb etilgan hakamlar hamda Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi mutaxassislari nazorati ostida ötkazildi.
Tadbir doirasida taʼlim muassasalari rahbarlari uçun universitet muzeyi, mavzuviy sinflar, kutubxona hamda zamonaviy simulyatsiya xonalariga taşriflar taşkil etildi. Mehmonlarga universitetdagi taʼlim-tarbiya jarayoni, öquv-moddiy baza va yaratilgan şaroitlar haqida maʼlumot berildi, taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan muloqotlar ötkazildi.
Ğolib jamoalarga Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi hamda hamkor taşkilotlarning sovğalari, medallar, faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi topşirildi. Musobaqa yoşlarning jismoniy tayyorgarligini oşiriş, taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş hamda ustoz va murabbiylarga hurmatni yuksaltirişga qaratildi.








