“Toshkent Yosh diplomatlar oromgohi – 2026” 2026-yil 21–28-iyun kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkaziladi. Hozirda loyihaga ishtirokchilar qabul qilinmoqda.
Dastur davomida ishtirokchilar diplomatiya, liderlik, IT, robototexnika, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha trening hamda mahorat darslarida qatnashadi. Shuningdek, sport musobaqalari, viktorina, team building mashg‘ulotlari, kino kechalari va Toshkent bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etiladi.
Ishtirokchilar uchun yotoqxona, kuniga uch mahal ovqatlanish va xavfsiz muhit yaratiladi. Mahalliy ishtirokchilar ro‘yxatdan o‘tish uchun tashkilotchilarning telegram manzili orqali, xalqaro ishtirokchilar esa info.uwedsummerschool@gmail.com elektron pochtasi orqali murojaat qiladi.