“Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasida “Burgutlar” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi. G‘olib jamoa respublika final bosqichida poytaxt nomidan ishtirok etadi.
1 / 6
“Shunqorlar” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi
Toshkent shahrida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi hamda bir qator tashkilotlar hamkorligida “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining shahar bosqichi o‘tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o‘rin — “Burgutlar” jamoasi;
2-o‘rin — “Vatanparvarlar” jamoasi;
3-o‘rin — “Lochinlar” jamoasi.
Birinchi o‘rinni egallagan “Burgutlar” jamoasi Toshkent shahar nomidan “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinlarining respublika final bosqichida ishtirok etadi.