TDIUda munozara bahsi final bosqichida “Kritics” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti Munozara intellektual bahsining kuz-qishki mavsumi final bosqichini o‘tkazdi. Yakunda “Kritics” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
1 / 6Ma’lumot uchun, “Munozara” intellektual debat turniri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkaziladi. Turnirda har bir jamoa 3 nafar ishtirokchidan iborat bo‘ladi, bellashuvlar esa oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlari tartibida o‘tkaziladi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan munozara bahsining kuz-qishki mavsumi yakunlandi. Final bosqichida “Kritics” va “Shine” jamoalari o‘zaro bellashdi.
Bahs natijalariga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- “Kritics” jamoasi — I o‘rin, 1 500 000 so‘m pul mukofoti;
- “Shine” jamoasi — II o‘rin, 1 000 000 so‘m pul mukofoti;
- “1dam” jamoasi — III o‘rin, 500 000 so‘m pul mukofoti.
Tashkilotchilarning izohiga ko‘ra, munozara bahsi talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirish va ularni ijtimoiy faollikka undashga xizmat qildi.








