“Elita” jamoasi “Munozara” turniri respublika bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
“Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichi yakunlandi. Birinchi o‘rinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi egalladi.

Turnir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etildi. Bellashuvning respublika bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Ma’lumot uchun, turnirda jamoalar uch nafar ishtirokchidan iborat bo‘lib, bellashuvlar oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlari tartibida o‘tkaziladi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi qo‘lga kiritdi. Jamoa bellashuvlarda Toshkent shahri sharafini himoya qildi. Tashkilotchilar qayd etishicha, bahslar davomida uning mantiqiy fikrlashi, dalillar bilan asoslangan nutqi, tezkor tahlil qilish qobiliyati hamda jamoaviy uyg‘unligi ko‘rindi.



