Kontrakt tölovini taʼlim krediti orqali moliyalaştiriş tartibi belgilangan
Kunduzgi taʼlim şaklidagi bakalavriat va magistratura talabalari kontrakt tölovini taʼlim krediti orqali moliyalaştirişi mumkin; kredit miqdori kurs va GPA körsatkiçiga qarab belgilanadi.

Kredit kontrakt tölovini bir yöla amalga oşiriş imkoni bölmagan talabalar uçun möljallangan. U kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalariga ajratiladi.
Kredit quyidagi şartlar asosida beriladi:
- 1-kurs talabalariga kredit kontrakt summasi miqdorida ajratiladi
- 2-kurs va undan yuqori kurslarda GPA 3 va undan yuqori bölsa — kontrakt summasi miqdorida
- GPA 3 dan past bölsa — kontraktning dastlabki 20 foizi tölangaç, köpi bilan 80 foizigaça
- ariza bankka bormasdan onlayn tarzda topşiriladi
Xotin-qizlar uçun taʼlim krediti böyiça foiz tölovlari davlat Jamğarmasi mablağlari hisobidan töliq qoplab beriladi. Asosiy qarzni qaytariş öqiş muddati tugagandan keyin 7-oydan boşlanadi va 7 yil davomida amalga oşiriladi.
Arizani talim-krediti.mf.uz platformasi orqali onlayn topşiriş mumkin. Tartib Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi 527-son qarori bilan belgilangan.



