Sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
2026-yil 23-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sun’iy intellekt va media texnologiyalari bo‘yicha olti kunlik xalqaro o‘quv kursi yakunlandi.
1 / 6O‘quv kursi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi — TIKA hamkorligida tashkil etilgan edi. Mashg‘ulotlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, turkiyalik mutaxassislar ishtirokida o‘tkazildi.
Olti kun davomida yoshlar sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Mashg‘ulotlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:
- sun’iy intellekt yordamida ssenariy yozish
- vizual kontent yaratish
- video kontent yaratish
- montaj
- post-prodakshn
- ovoz dizayni
Kurs yakunida ishtirokchilar o‘z loyihalarini taqdim etdi. Muvaffaqiyatli bitiruvchilarga sertifikatlar topshirildi, faol tinglovchilarga esdalik sovg‘alari berildi.








