“Şarafli yöl” videoroliklar tanlovi ğolibiga 15 million söm beriladi
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi 18–30 yoşdagi jurnalist va blogerlar uçun “Şarafli yöl” videoroliklar tanlovini eʼlon qildi; ijodiy işlar 20-avgustgaça qabul qilinadi.

Tanlov üç nominatsiya böyiça ötkaziladi: eng yaxşi videorolik, sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxşi videorolik hamda mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxşi videorolik. Unda 18 yoşdan 30 yoşgaça bölgan jurnalistlar va blogerlar iştirok etişi mumkin.
Iştirokçilar quyidagi mavzular doirasida ijodiy iş tayyorlaydi:
- “Mustaqillik mening taqdirimda”
- “Yangi Özbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”
- “Yoşlar – Yangi Özbekiston bunyodkorlari”
- “Mening Vatanim – mening faxrim”
Birinçi örin uçun 15 million söm, ikkinçi örin uçun 10 million söm, uçinçi örin uçun 5 million söm mukofot belgilangan. Ijodiy işlar 20-avgustga qadar Telegram orqali @Uyushma_26 manziliga yuboriladi, murojaat uçun 71 244-37-87 va 71 244-64-62 raqamlari körsatilgan.



