“Tashabbuslar marafoni” Samarqandda suv resurslariga bag‘ishlangan mashg‘ulotlar bilan davom etadi
Respublika bo‘ylab o‘tayotgan “Tashabbuslar marafoni”ning navbatdagi bosqichi 10-iyun kuni soat 09:00da Samarqanddagi Yoshlar kreativ shaharchasida o‘tkaziladi.

Marafon respublikamiz bo‘ylab davom etmoqda va navbatdagi bosqich Samarqandda o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar “Suvni birgalikda asraymiz” yo‘nalish ostida tashkil etilmoqda.
Bosqich davomida ishtirokchilar viktorinalar, chellenjlar, ilmiy faktlar va amaliy tajribalar orqali suv resurslari haqida yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Foto zonalar hamda kreativ kontent yaratish imkoniyati ham mavjud. Eng faol ishtirokchilar sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Mashg‘ulotlar 10-iyun kuni soat 09:00da Yoshlar kreativ shaharchasida boshlanadi. Ro‘yxatdan o‘tish yoshlar.gov.uz/marathon sahifasi orqali amalga oshiriladi.



