Yoşlar parlamenti va Kengaş respublika ilmiy maqolalar tanlovini eʼlon qildi
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti va Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi hamkorligida respublika ilmiy maqolalar tanlovi eʼlon qilindi. Maqolalar 2026-yil 30-oktabrgaça qabul qilinadi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoşlar parlamenti hamda Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi hamkorligida respublika ilmiy maqolalar tanlovi eʼlon qilindi. Tanlov “Özbekiston hududlarini iqtisodiy rivojlantirişda ilmiy ğoyalar va innovatsion yeçimlarning örni” mavzusida ötkaziladi.
Tanlovning asosiy yönalişlari quyidagiça belgilangan:
- hududlar örtasidagi iqtisodiy tafovutlarni qisqartiriş
- hududlarning investitsiyaviy jozibadorligi va tadbirkorlikni rivojlantiriş
- yoşlar bandligi va tadbirkorligining hududiy iqtisodiyotga taʼsiri
- hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardoşligini oşiriş
- raqamli iqtisodiyot, innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalar
- qişloq hududlarini rivojlantiriş va infratuzilmani takomillaştiriş
- yaşil iqtisodiyot va barqaror hududiy rivojlaniş
Tanlovda 15 yoşdan 25 yoşgaça bölgan, ilmiy izlanişga qiziquvçi yoşlar iştirok etişi mumkin. Maqola hajmiga çeklov qöyilmagan; iş mustaqil ilmiy tahlil, asoslangan xulosalar, amaliy takliflar va foydalanilgan manbalarga havolalarni öz içiga olişi talab etiladi.
Tanlov ikki bosqiçda ötkaziladi. Birinçi bosqiçda taqdim etilgan ilmiy maqolalar ekspertlar tomonidan örganilib saralanadi, ikkinçi bosqiçda saralangan işlar ekspertlar hayʼati oldida taqdim etiladi.
Maqolalarni qabul qiliş muddati — 2026-yil 30-oktabr. Işlar @YoshParlament_Senat manzili orqali yuboriladi, maqola bilan birga muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, yoşi, taʼlim yoki iş joyi hamda aloqa uçun telefon raqami körsatiladi.



