31-yanvarda Chimyon, kiyik ferma va Amirsoyga sayohat o‘tkaziladi
Bir kunlik combo sayohat 31-yanvar, shanba kuni o‘tkaziladi. Yo‘l Chimyon, kiyik ferma va Amirsoy yo‘nalishini qamrab oladi, bir kishi uchun narx 180 000 so‘m etib belgilangan.
1 / 6
Sayohat yo‘nalishi: Chimyon, kiyik ferma va Amirsoy
Guruh soat 7:00 dan 7:30 gacha yo‘lga chiqadi. Yig‘ilish joyi — “O‘zbekiston” mehmonxonasi oldi, mo‘ljal sifatida “Amir Temur” metro bekati ko‘rsatilgan.
Dastur kiyik ferma bo‘ylab sayohat, Amirsoyga chiqish, lija yoki snowboard hamda jamoaviy o‘yinlardan iborat. Sayohat narxiga quyidagilar kiradi:
qulay transport
kiyik fermaga borish
malakali yo‘l boshlovchi xizmati
professional fotosessiya
Ovqatlanish, lija yoki snowboard ijarasi hamda kiyik fermaga kirish narxga kiritilmagan. Joyni band qilish uchun 50 foiz oldindan to‘lov talab etiladi, murojaat manzili — @yutrip_admin.