“Qizlar Biznes Marafoni”da olti mutaxassisning onlayn darslari ötkaziladi
“Qizlar akademiyasi” loyihasi doirasida biznes boşlaş yoki bu yönaliştagi bilimini oşirişni istagan qizlar uçun “Qizlar Biznes Marafoni” taşkil etilmoqda; röyxatdan ötiş bot orqali amalga oşiriladi.
“Qizlar Biznes Marafoni” eʼloni
Marafon biznes boşlaşni rejalaştirgan yoki bu yönalişda bilimini oşirmoqçi bölgan qizlar uçun möljallangan. U “Qizlar akademiyasi” loyihasining davomi sifatida uyuştirilmoqda.
Iştirokçilar 6 nafar tajribali mutaxassisning onlayn darslarida qatnaşadi va biznes yuritiş böyiça amaliy bilim hamda tavsiyalar oladi. Faol iştirokçilar maxsus sertifikat va esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi.
Marafonga röyxatdan ötiş @QizlarAkademiyasiMarafonBot orqali amalga oşiriladi.