Poytaxt yoşlari “Sahna Quiz” intellektual şousida iştirok etişi mumkin
Toşkentda “Sahna Quiz” intellektual şousi ötkaziladi. Unda bilim va mantiqiy fikrlaşni sinaş istagidagi yoşlar jamoa böyiça yoki yakka tartibda röyxatdan ötib qatnaşişi mumkin.
“Sahna Quiz” intellektual şousi eʼloni
Poytaxt yoşlari uçun “Sahna Quiz” intellektual şousi taşkil etilmoqda. Şou bilim va mantiqiy fikrlaşni sinaşga möljallangan bölib, iştirokçilar savollarga javob berib bellaşadi.
Bellaşuvda beş nafardan iborat jamoa tuzib qatnaşiş mumkin. Jamoasi yöq iştirokçilar yakka tartibda röyxatdan ötadi, taşkilotçilar ularni boşqa qatnaşçilar bilan bir jamoaga birlaştiradi.
Şou davomida iştirokçilarni kutadigan şartlar quyidagiça:
noodatiy tuzilgan savollar va intellektual bellaşuvlar
homiylar tomonidan taqdim etiladigan sovğalar
şou-biznes vakillari bilan bir jamoada öynaş imkoniyati
yangi tanişuvlar orttiriş
Manzil: Matbuotçilar köçasi, 17. Röyxatdan ötiş “Sahna Quiz” Telegram boti orqali amalga oşiriladi: https://t.me/sahnastandup_bot