Kengash raisi Shukurulloxon Anvarov dissertatsiyasini 31-mart kuni himoya qiladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi raisi Anvarov Shukurulloxon Maxsudxon o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi 2026-yil 31-mart kuni o‘tkaziladi.

Himoya 11.00.07 — Geoinformatika ixtisosligi bo‘yicha o‘tkaziladi. Dissertatsiya “Geoaxborot texnologiyalari asosida Toshkent shahrida yerdan foydalanish va hududiy kengayish jarayonlarini tadqiq etish masalalari” mavzusida bajarilgan hamda geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan.
Himoya 2026-yil 31-mart kuni soat 10:00 da boshlanadi. Manzil — Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy, O‘zbekiston Milliy universitetining Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti. Himoya to‘g‘risidagi rasmiy e’lon uza.uz saytida joylashtirilgan.



