“Ajdodlar izidan” o‘yinining shahar bosqichi 13-aprelda Zakovat arenada o‘tkaziladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining Toshkent shahar bosqichi 13-aprel kuni Zakovat arenada o‘tkaziladi.
“Ajdodlar izidan” intellektual o‘yini e’loni
O‘yin O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan tashkil etiladi. Bellashuvda Qurolli Kuchlar tarkibidagi kuch tuzilmalarining yosh harbiy xizmatchi va xodimlari qatnashadi.
Bosqich yurt tarixi va ma’naviyatini, buyuk ajdodlarning millat tamadduniga qo‘shgan hissasini o‘rganishda kitob o‘qishning ahamiyatini oshirish maqsadida o‘tkaziladi.
Bellashuv Zakovat arenada, 13-aprel kuni soat 14:00da boshlanadi.