IAESTE ovozli chatining yozuvi va taqdimoti obunachilarga ulashildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi 9-avgust kuni o‘tkazilgan IAESTE xalqaro talabalar amaliyot almashinuvi dasturiga bag‘ishlangan ovozli chatning yozib olingan variantini hamda suhbat taqdimotini e’lon qildi.

Materiallar suhbatni kuzata olmagan yoshlar uchun mo‘ljallangan. Ularda ovozli chat davomida aytilgan ma’lumotlar jamlangan.
Yozuv va taqdimot orqali IAESTE dasturlari va imkoniyatlari, xorijda hamda masofaviy amaliyot o‘tash shartlari, ariza topshirish tartibi, viza, turar joy va hujjatlar bo‘yicha ko‘mak, haq to‘lanadigan xalqaro amaliyotlar, shuningdek ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot olish mumkin.
Kengash dasturga oid qo‘shimcha savollarni kanal izohlarida qoldirish mumkinligini ma’lum qildi.



