Oliy taʼlim taşkilotlari yoşlar yetakçilarining respublika forumi ötkaziladi
Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi 2026-yil 9–11-oktabr kunlari Toşkent viloyatidagi Yoşlar oromgohida “Oliy taʼlim yetakçilarining forumi”ni ötkazadi. Forumda respublikaning barça hududlaridan 200 nafardan ortiq yoşlar yetakçisi iştirok etişi rejalaştirilgan.

Maʼlumot uçun, oliy taʼlim taşkilotlarida Özbekiston yoşlar ittifoqining boşlanğiç taşkilotiga Yoşlar yetakçisi boşçilik qiladi: u boşlanğiç taşkilot umumiy yiğilişida saylanadi va OTT rahbarining yoşlar masalalari böyiça maslahatçisi hisoblanadi. Mahalla darajasida bu lavozim Prezidentning 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori bilan joriy etilgan.
Forumda Toşkent şahridagi 91 ta oliy taʼlim taşkilotining yoşlar yetakçilari ham qatnaşadi. Uç kunlik dastur seminar-treninglar va amaliy maşğulotlardan iborat bölib, ular quyidagi yönalişlarni qamrab oladi:
- yoşlar yetakçilarining huquq va majburiyatlari;
- faoliyatni taşkil etişning amaliy usullari;
- şaxsiy brendni şakllantiriş;
- notiqlik mahoratini rivojlantiriş;
- zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalaniş;
- yoşlar bilan işlaşning ilğor usullari.
Forum doirasida “IELTS Marafon”, “Suvni birgalikda asraymiz”, “Yölovçi” va “Kitob-top” loyihalarining taqdimoti ötkaziladi. Şuningdek, namunali boşlanğiç taşkilotlarning ilğor tajribasi bilan taniştiriş, hududlararo tajriba almaşuv, intellektual öyinlar, sport musobaqalari hamda madaniy-maʼrifiy tadbirlar közda tutilgan.
Forumning maqsadi yoşlar yetakçilarining bilim va kasbiy könikmalarini oşiriş, ularning taşabbuskorligi hamda masʼuliyatini kuçaytiriş, boşlanğiç taşkilotlar faoliyatini takomillaştiriş va hududlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat. Yiğin 2026/2027-öquv yilida yoşlar yetakçilari oldida turgan vazifalarni belgilaş hamda talaba-yoşlarning ijtimoiy faolligini oşirişga qaratilgan taşabbuslarni ilgari suriş maydoni böladi.



