“Munozara” turnirining respublika bosqichiga 18 ta jamoa yo‘llanma oldi
“Munozara” turnirining 2026-yilgi mavsumi respublika bosqichi ishtirokchilari aniqlandi. Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 18 ta jamoa Namanganda o‘tadigan yakuniy bosqichda bellashadi.

“Munozara” turnirining 2026-yilgi mavsumi respublika bosqichi ishtirokchilari aniqlandi. Yakuniy bosqich Namangan shahrida o‘tkaziladi va unda hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan 18 ta jamoa bellashadi.
Ma’lumot uchun, turnir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etiladi. Har bir jamoa uch nafar ishtirokchidan iborat bo‘ladi, bellashuvlar esa oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlari tartibida boradi.
Respublika bosqichida quyidagi jamoalar ishtirok etadi:
- Andijon davlat pedagogika institutining “Intellekt” jamoasi;
- Buxoro davlat tibbiyot institutining “Genius” jamoasi;
- O‘zbekiston Milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” jamoasi;
- Guliston davlat universitetining “Aysberg” jamoasi;
- Jizzax davlat pedagogika universitetining “Intellekt” jamoasi;
- Nukus davlat pedagogika institutining “Sahro bulbullari” jamoasi;
- Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining “Med-Lider” jamoasi;
- Termiz davlat universitetining “Gumata” jamoasi;
- “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi;
- Namangan davlat universitetining “Namdu liderlari” jamoasi;
- Qarshi davlat universitetining “Yuksalish” jamoasi;
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “The best” jamoasi;
- Samarqand davlat universitetining “Tafakkur” jamoasi;
- Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasi;
- Urganch davlat pedagogika institutining “Pedagoglar” jamoasi;
- Farg‘ona davlat universitetining “Everest” jamoasi;
- Toshkent davlat agrar universitetining “Taraqqiyot” jamoasi;
- Navoiy davlat universitetining “Yupiter” jamoasi.
Respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlanadi. Birinchi o‘rin uchun 30 million so‘m, ikkinchi o‘rin uchun 20 million so‘m, uchinchi o‘rin uchun 15 million so‘m pul mukofoti belgilangan. Hakamlar xulosasiga ko‘ra uchta rag‘batlantiruvchi nominatsiya g‘olibi ham aniqlanadi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.



