“Munozara” turnirining sovrinli uç örnini ham poytaxt jamoalari egalladi
“Munozara” intellektual turnirining respublika bosqiçi yakunlandi. Yakuniy natijalarga köra birinçi, ikkinçi va uçinçi örinlarni Toşkent şahri şarafini himoya qilgan jamoalar qölga kiritdi.

Maʼlumot uçun, “Munozara” intellektual debat turniri Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi hamda Yoşlar işlari agentligi hamkorligida ötkaziladi. Har bir jamoa uç nafar iştirokçidan iborat bölib, bellaşuvlar oliy taʼlim taşkiloti, hududiy va respublika bosqiçlari tartibida yöritiladi.
Turnirning respublika bosqiçi öz yakuniga yetdi. Yakuniy natijalarga köra, sovrinli örinlarni egallagan barça jamoalar Toşkent şahri şarafini himoya qilgan poytaxt jamoalari böldi.
Birinçi örinni “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoasi egalladi. Ikkinçi örin Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining “Taraqqiyot yoşlari” jamoasiga, uçinçi örin esa Toşkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasiga nasib etdi.
Taşkilotçilar qayd etişiça, bu natija poytaxt yoşlarining mantiqiy fikrlaşi, tanqidiy tahlil yuritişi, nutq madaniyati hamda jamoada işlaş könikmasi darajasini körsatdi. Jamoalarning öz pozitsiyasini asosli himoya qila oliş salohiyati ham eʼtirof etildi.



