O‘zMUda “Mohir qo‘llar” hunarmand qizlar ko‘rgazmasi tashkil etildi
2026-yil 19-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Mohir qo‘llar” nomli hunarmand qizlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
1 / 6
O‘zMUdagi “Mohir qo‘llar” ko‘rgazmasi
2026-yil 19-fevral kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Mohir qo‘llar” nomli hunarmand qizlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmada universitet fakultetlarining ijodkor talaba-qizlari o‘z qo‘l mehnati mahsulotlarini namoyish etdi. Tashrif buyuruvchilar hunarmandchilik buyumlari bilan tanishib, ularning tayyorlanish jarayoni haqida ma’lumot oldi.
Ko‘rgazma yakunida faol ishtirok etgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.