“Milliy Fashion Show” finalida dizaynerlar o‘z kolleksiyalarini namoyish etdi
“Milliy Fashion Show” modalar namoyishining respublika final bosqichida mamlakatning turli hududlaridan tashrif buyurgan dizaynerlar o‘z kolleksiyalarini taqdim etdi.
1 / 6Respublika final bosqichi mamlakatimiz yosh dizaynerlarining ijodiy salohiyatini namoyon etgan madaniy tadbir sifatida o‘tkazildi. Unda yoshlarning milliy moda yo‘nalishidagi izlanishlari va zamonaviy qarashlari ko‘rsatildi.
Bosqichda mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iste’dodli dizaynerlar o‘z kolleksiyalarini namoyish etdi. Milliylik ruhini aks ettirgan va zamonaviy moda tendensiyalari bilan uyg‘unlashgan liboslar tomoshabinlar hamda mutaxassislar e’tiborini tortdi.
Tadbir doirasida badiiy chiqishlar, musiqiy dasturlar hamda sahna namoyishlari taqdim etildi. San’atkorlarning chiqishlari final bosqichining tantanavor ruhda o‘tishini ta’minladi.








