“Milliy Fashion Show” g‘oliblari qatorida poytaxtdan besh dizayner e’tirof etildi
“Milliy Fashion Show” modalar namoyishining respublika final bosqichi tantanali taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. G‘oliblar qatorida Toshkent shahridan ishtirok etgan besh dizaynerning kolleksiyalari qayd etildi.
1 / 6
Final bosqichi tantanali taqdirlash marosimi bilan yakunlandi
Respublika final bosqichi tantanali taqdirlash marosimi bilan yakunlandi. Marosimda o‘ziga xos ijodiy yondashuvi hamda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini aks ettirgan kolleksiyalari bilan ishtirok etgan dizaynerlar taqdirlandi.
Tanlovning respublika bosqichida Toshkent shahridan ishtirok etgan 5 nafar dizaynerning kolleksiyasi g‘oliblar qatorida e’tirof etildi.