Microsoft dasturlari böyiça xalqaro çempionatga tayyorgarlik uçun sinov testlari eʼlon qilindi
“Microsoft & Adobe World Championship 2027” çempionatiga tayyorlanayotgan talabalar uçun Microsoft dasturlari böyiça sinov testlari tayyorlandi. Testlar 5-noyabr soat 00:00 gaça oçiq.

“Microsoft & Adobe World Championship 2027” çempionatiga tayyorlanayotgan talabalar uçun Microsoft dasturlari böyiça sinov testlari tayyorlandi. Iştirokçi özi tanlagan yönaliş böyiça test işlab, tayyorgarlik darajasini tekşiriş imkoniga ega.
Testlar uç yönalişda taqdim etilgan:
- Microsoft Excel Associate — https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSddKF70hDauJ7680Y5JbjV8r6Rd1AxO6TGo3_MXAwyHbE5k4Q/viewform
- Microsoft Word Associate — https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSf7yFNux-nukYL7uIxhSSZ29MK583dwJA7qcWJAvNRiMIkq2A/viewform
- Microsoft PowerPoint Associate — https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSehiUAJCUSqZQpLhFtgs2muEya2IfwU2CZuNswypd_HqfPRog/viewform
Har bir yönalişda 100 ta savol berilgan, har bir savolda tört javob varianti mavjud. Töğri javob 1 ball bilan baholanadi, natijalar avtomatik tarzda çiqariladi.
Taşkilotçilar testlarni mustaqil işlaşni tavsiya qiladi: internetdan topilgan javob yuqori ball berişi mumkin, biroq haqiqiy tayyorgarlik darajasini körsatmaydi, oflayn savol-javoblarda esa bilim bevosita namoyon qilinadi. Maqsad — bilimdagi kamçiliklarni aniqlab, ularni töldiriş.
Testlarni işlaş muddati — 5-noyabr, soat 00:00 gaça.



