“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining saralash bosqichi boshlandi
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2026-yilgi saralash bosqichiga start berildi. Hujjatlar 2026-yil 1-martga qadar qabul qilinadi.

Mukofot jamiyatning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’sis etilgan. Unga mardlik, jasorat, qat’iyatlilik, halollik va vatanparvarlik fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlar tavsiya etiladi.
Ariza topshirish huquqi respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar hamda tanlovlarda g‘olib bo‘lgan, o‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlarga beriladi.
Arizalar yashash manzili bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman va shahar bo‘limlariga topshiriladi. Mukofot nizomi bilan https://lex.uz/docs/-3418697 manzilida tanishish mumkin.



