Grantga ötiş uçun GPA körsatkiçi 3,5 dan kam bölmasligi belgilandi
Taʼlim grantlari 2-kurs va undan yuqori kurslarda har öquv yili yakunida qayta taqsimlanadi; grantga daʼvogar talabaning joriy öquv yilidagi GPA körsatkiçi 3,5 va undan yuqori bölişi talab etiladi.

Kontrakt asosida tahsil olayotgan talaba grantga daʼvogar bölişi mumkin. Grantga ötiş avtomatik tarzda emas, talabalar örtasida tanlov asosida amalga oşiriladi.
Baholaşda joriy öquv yilidagi GPA körsatkiçi 3,5 va undan yuqori böliş şart qilib qöyilgan. Akademik özlaştiriş 80 ballgaça, ijtimoiy faollik esa 20 ballgaça baholanadi; yakuniy natija 100 ballik tizim asosida şakllantiriladi.
Grant oluvçilar röyxati oliy taʼlim taşkiloti kengaşi tomonidan 20-avgustgaça tasdiqlanadi, yakuniy röyxat esa 25-avgustgaça rasmiy saytda eʼlon qilinadi. Tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan belgilangan.



