“Kitob Olami” festivalining birinchi kunida 20 ga yaqin nashriyot qatnashdi
29-iyun kuni “Kitob Olami” festivalining birinchi kuni o‘tkazildi. Tantanali ochilish marosimida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida mutolaa an’analarini targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslar qayd etildi.
1 / 6Festivalning tantanali ochilish marosimida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa an’analarini keng targ‘ib qilish va ma’rifatni yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslar e’tirof etildi. Festival maydonida mamlakatning 20 ga yaqin nashriyoti o‘z yangi kitoblari, adabiy loyihalari hamda ilmiy-ma’rifiy nashrlarini namoyish etdi.
Birinchi kun davomida mehmonlar yangi nashrlar bilan tanishish, yozuvchi va ijodkorlar bilan muloqot qilish, kitob taqdimotlarida ishtirok etish hamda o‘zlari uchun adabiyot xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Festival hududida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, ijodiy suhbatlar va madaniy chiqishlar tashkil etildi.
“Kitob Olami” festivali 29–30-iyun kunlari davom etadi. Festivalning keyingi kunlarida ham uchrashuvlar, kitob taqdimotlari va madaniy dastur rejalashtirilgan.








