“Yangi Özbekistonning ibratli harbiylar oilasi” körik-tanlovi ğoliblari aniqlandi
Milliy gvardiya Toşkent şahri böyiça boşqarmasi tasarrufidagi harbiy qismlar örtasida “Yangi Özbekistonning ibratli harbiylar oilasi” körik-tanlovi 2026-yil 28-aprel kuni ötkazildi. Ğolib jamoa respublika bosqiçiga yöllanma qölga kiritdi.
1 / 6Milliy gvardiya Toşkent şahri böyiça boşqarmasi tasarrufidagi harbiy qismlar örtasida “Yangi Özbekistonning ibratli harbiylar oilasi” körik-tanlovi 2026-yil 28-aprel kuni ötkazildi. Tanlov Özbekiston yoşlar ittifoqi Toşkent şahar hududiy Kengaşi bilan hamkorlikda taşkil etildi.
Bellaşuvda harbiy xizmatçilar oilalaridan tuzilgan jamoalar iştirok etdi. Yakuniy natijalarga köra sovrinli örinlar quyidagiça taqsimlandi:
- 1-örin — M. Mavlonovlar oilasining “Mustahkam oila” jamoasi;
- 2-örin — X. Musayevlar oilasining “Vatanparvar ziyolilar” jamoasi;
- 3-örin — A. Mavlonovlar oilasining “Jasorat” jamoasi.
Birinçi örinni egallagan jamoa körik-tanlovning respublika bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritdi.








