“Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” konferensiyasiga maqolalar qabul qilinmoqda
“Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2026-yil 27-may kuni o‘tkaziladi. Maqolalar 2026-yil 1-maygacha qabul qilinadi.

“Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” mavzusidagi IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2026-yil 27-may kuni o‘tkaziladi. Anjumanga maqolalar 2026-yil 1-maygacha qabul qilinadi.
Konferensiya Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2026-yil Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ning 226-bandiga kiritilgan.
15 nafar maqola muallifi “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi, anjumanning barcha ishtirokchilariga sertifikat beriladi.
Anjuman axborot xati tashkilotchilarning rasmiy kanalida e’lon qilingan; ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat @Jaloliddin_Yusubov manziliga yo‘llanadi.



