IELTS Marafonining navbatdagi mashg‘uloti Samarqand Yoshlar markazida o‘tkaziladi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va IDP IELTS hamkorligidagi IELTS Marafon loyihasining navbatdagi mashg‘uloti soat 11:00da Samarqand shahridagi Yoshlar markazida o‘tkaziladi. Ishtirok bepul.

Loyiha O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda IDP IELTS hamkorligida tashkil etilmoqda. Marafon yoshlarning ingliz tilini rivojlantirishi, xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishi va yangi imkoniyatlarga erishishiga xizmat qiladi. Dastur tarkibidan quyidagilar o‘rin olgan:
- IELTS bo‘yicha amaliy seminar va master-klasslar
- tajribali mutaxassislar bilan uchrashuvlar
- sinov (Mock) imtihonlari
- IELTS vaucherlari va maxsus sovrinlar
- faol ishtirokchilar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar
Loyiha respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilib, minglab yoshlarning xalqaro ta’lim va karyera maqsadlariga yaqinlashishiga xizmat qiladi. Navbatdagi mashg‘ulot soat 11:00da Samarqand shahridagi Yoshlar markazida o‘tkaziladi.
Ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish https://shorturl.at/iq3rs havolasi orqali amalga oshiriladi.



