Yosh harbiy xizmatchilar bugun “Ajdodlar izidan” o‘yinida bellashadi
“Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining Toshkent shahar bosqichi bugun, 13-aprel kuni soat 14:00da Zakovat arenada boshlanadi.
“Ajdodlar izidan” o‘yinining shahar bosqichi o‘tkaziladigan Zakovat arena
Bosqich O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashi tashabbusi bilan o‘tkaziladi. Bellashuvda Qurolli Kuchlar tarkibidagi kuch tuzilmalarining yosh harbiy xizmatchi va xodimlari qatnashadi.
O‘yin yurt tarixi va ma’naviyatini, buyuk ajdodlarning millat tamadduniga qo‘shgan hissasini o‘rganishda kitob o‘qishning ahamiyatini oshirishga qaratilgan. Bellashuv Zakovat arenada soat 14:00da boshlanadi.