“Munozara” turniri uchinchi guruhida Toshkent davlat tibbiyot universiteti birinchi o‘rinni egalladi
“Munozara” respublika turnirining Toshkent shahar hududiy bosqichi doirasida uchinchi guruh o‘yinlari o‘tkazildi. Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi guruh g‘olibi bo‘ldi va final bosqichiga yo‘l oldi.
1 / 5“Munozara” respublika turnirining Toshkent shahar hududiy bosqichi doirasida uchinchi guruh o‘yinlari o‘tkazildi. Bahslarda poytaxtdagi oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari bilim, mantiqiy fikrlash, tahliliy yondashuv hamda notiqlik mahorati bo‘yicha bellashdi.
Ma’lumot uchun, “Munozara” turniri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tashkil etiladi. Har bir jamoada uch nafar ishtirokchi bellashadi, turnir esa oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlaridan iborat.
Yakuniy natijalarga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- 1-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti;
- 2-o‘rin — ISFT universiteti;
- 3-o‘rin — Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
- 3-o‘rin — TIFT universiteti.
Shu tariqa Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi turnirning final bosqichida ishtirok etadigan poytaxt jamoalaridan uchinchisi bo‘ldi.







