“Munozara” respublika turnirining Toshkent shahar hududiy bosqichi doirasida to‘rtinchi guruh o‘yinlari o‘tkazildi. Bahslarda poytaxtdagi oliy ta’lim tashkilotlari jamoalari bilim, mantiqiy fikrlash, tahliliy yondashuv hamda notiqlik mahorati bo‘yicha bellashdi.
Ma’lumot uchun, turnir O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkaziladi. Jamoalar uch nafardan iborat bo‘ladi, bellashuv esa oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlari tartibida boradi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra sovrinli o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- 1-o‘rin — Toshkent davlat yuridik universiteti;
- 2-o‘rin — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
- 3-o‘rin — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi bilan birga turnirning final bosqichida ishtirok etadigan poytaxt jamoalari ro‘yxati yakunlandi.