“Munozara” turniri ikkinçi guruhida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti ğolib çiqdi
“Munozara” respublika turnirining Toşkent şahar hududiy bosqiçi doirasida ikkinçi guruh öyinlari ötkazildi. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti jamoasi guruh ğolibi böldi va final bosqiçiga yöllanma qölga kiritdi.
1 / 6“Munozara” respublika turnirining Toşkent şahar hududiy bosqiçi doirasida ikkinçi guruh öyinlari ötkazildi. Bahslarda poytaxtdagi oliy taʼlim taşkilotlari jamoalari bilim, mantiqiy fikrlaş, tahliliy yondaşuv hamda notiqlik mahorati böyiça bellaşdi.
Maʼlumot uçun, turnir Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi hamda Yoşlar işlari agentligi hamkorligida ötkaziladi. Bellaşuv uç nafardan iborat jamoalar örtasida oliy taʼlim taşkiloti, hududiy va respublika bosqiçlari tartibida boradi.
Yakuniy natijalarga köra sovrinli örinlar quyidagiça taqsimlandi:
- 1-örin — Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti;
- 2-örin — Fan va texnologiyalar universiteti;
- 3-örin — Toşkent şahridagi “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universitetining filiali.
Birinçi örinni egallagan jamoa turnirning final bosqiçida poytaxt nomidan iştirok etadi.








