“Munozara” turniri birinçi guruh öyinlarida Özbekiston Milliy universiteti ğolib çiqdi
“Munozara” respublika turnirining Toşkent şahar hududiy bosqiçi doirasida birinçi guruh öyinlari ötkazildi. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti jamoasi guruh ğolibi böldi va turnirning final bosqiçiga yöl oldi.
1 / 6“Munozara” respublika turnirining Toşkent şahar hududiy bosqiçi doirasida birinçi guruh öyinlari ötkazildi. Bahslarda poytaxtdagi oliy taʼlim taşkilotlari jamoalari bilim, mantiqiy fikrlaş, tahliliy yondaşuv hamda notiqlik mahorati böyiça bellaşdi.
Maʼlumot uçun, “Munozara” intellektual debat turniri Özbekiston yoşlar ittifoqi tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va öquvçilarning ijtimoiy faolligini oşiriş markazi hamda Yoşlar işlari agentligi hamkorligida ötkaziladi. Har bir jamoa uç nafar iştirokçidan iborat böladi, bellaşuvlar esa oliy taʼlim taşkiloti, hududiy va respublika bosqiçlari tartibida boradi.
Yakuniy natijalarga köra sovrinli örinlar quyidagiça taqsimlandi:
- 1-örin — Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti;
- 2-örin — Özbekiston xalqaro islomşunoslik akademiyasi;
- 3-örin — Toşkent davlat transport universiteti;
- 3-örin — Toşkent davlat texnika universiteti.
Şu tariqa Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti jamoasi turnirning final bosqiçida poytaxt nomidan iştirok etadigan tört jamoadan birinçisi böldi.








