Xotin-qizlar uchun “WikiAyollar” onlayn tanlovi 23-avgustgacha davom etadi
Xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirishga qaratilgan “WikiAyollar” onlayn tanlovi 30-iyuldan 23-avgustgacha o‘tkaziladi. Tanlov WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida tashkil etilmoqda.
“WikiAyollar” onlayn tanlovi e’loni
Onlayn tanlov xotin-qizlarning bilim va savodxonligini oshirish maqsadida WikiMarafon hamda Qizlar Akademiyasi loyihalari doirasida o‘tkazilmoqda. Tanlov 30-iyuldan 23-avgustgacha davom etadi.
Ishtirok shartlari quyidagicha belgilangan:
@WikiTanlov_bot o‘rqali ro‘yxatdan o‘tish;
22-avgustga qadar “Qizlar Akademiyasi”ning istalgan kursini tugatish;
kurs sertifikatini botga yuklash;
23-avgust kuni 30 ta test savoliga javob berish.
Test savollari ayollarga oid maxsus maqolalar hamda “Qizlar Akademiyasi” kurslari asosida tuziladi. Yakuniy natijalar 25-avgustga qadar loyihaning rasmiy kanalida e’lon qilinadi. Tanlov nizomi bilan https://wikimarafon.uz/blog/29/ sahifasida tanish mumkin.