“Ayol borki, olam munavvar” videoroliklar tanlovi e’lon qilindi
8-mart arafasida ijodkor yoshlar uchun “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi. Ishlar 8-mart kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
“Ayol borki, olam munavvar!” videoroliklar tanlovi
Ijodkor yoshlar uchun “Ayol borki, olam munavvar” mavzusida videoroliklar tanlovi e’lon qilindi. Ishlar 8-mart kuni soat 23:59 gacha qabul qilinadi.
Ishtirokchilar tayyorlagan videoroliklariga nisbatan quyidagi talablar qo‘yilgan:
original g‘oya;
kreativ yondashuv;
samimiy va ta’sirli ifoda;
ayolga hurmat va ehtiromni his qildira oladigan mazmun.
Tayyorlangan videorolik @tanlov8mart manziliga yuboriladi. G‘oliblar “Poytaxt yoshlari” telegram sahifasida o‘tkaziladigan ovoz berish orqali aniqlanadi va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanadi.