Talabalar 3-kursdan boşlab maktabda pedagogik faoliyat yuritişi mumkin
Amaldagi tartibga köra, tegişli yönalişlarda tahsil olayotgan talabalar 3-kursdan boşlab umumiy örta taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat bilan şuğullanişi mumkin; buning uçun diplom talab etilmaydi.

Maʼlumot uçun, bu tartib Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarori bilan belgilangan. Unga muvofiq, oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi, keçki va sirtqi taʼlim şakllarida tahsil olayotgan talabalar 3-kursdan boşlab, öquv jarayoniga xalaqit bermagan holda maktabda işlaşi mumkin.
Bu talabaga universitetni bitirib diplom olişini kutmasdan öz mutaxassisligiga mos fan böyiça maktabda işlaş imkonini beradi. Öqiş davridayoq kasbiy tajriba töplaş, könikmalarni rivojlantiriş va daromad topiş yöli oçiladi.
Imkoniyatdan foydalaniş uçun quyidagi şartlarga rioya etiliş talab qilinadi:
- oliy taʼlim muassasasining 3-kursi yoki undan yuqori bosqiçida tahsil oliş
- tegişli taʼlim yönalişida öqiş
- işlaş öquv jarayoniga xalaqit bermasligi
- öqiyotgan yönaliş maktabdagi tegişli fan yoki lavozimga mos keliş
Ruxsat etilgan taʼlim yönalişlari röyxati tegişli tartibda yangilanib boradi. Joriy röyxat beş guruhga ajratilgan: boşlanğiç taʼlim, tarbiya va ijtimoiy fanlar; til va adabiyot yönalişlari; aniq va tabiiy fanlar; informatika, sunʼiy intellekt va texnologiya; sanʼat, sport va harbiy taʼlim. Röyxatga köra, pedagogika yönalişi talabasi tarbiya, boşlanğiç taʼlim yönalişi talabasi boşlanğiç sinf fanlari, tarix yönalişi talabasi esa tarix fani böyiça işlaşi mumkin; xorijiy til va adabiyoti yönalişi talabalari ingliz, nemis, koreys yoki fransuz tili fanlariga, aniq fanlar oliy maktabining sunʼiy intellekt yönalişi talabalari esa informatika, sunʼiy intellekt va robototexnika fanlariga tegişli deb belgilangan.
Yuqori kurs talabalari uçun işga ariza topşiriş jarayoni soddalaştirilgan. “Pedagog” platformasida ariza topşirayotgan 3- va 4-kurs talabalaridan diplom talab etilmaydi: “Diplomlar” bölimida maxsus ruxsat oynasi mavjud bölib, talaba hujjatni yuklamasdan keyingi bosqiçga ötişi mumkin.



