Çet tili sertifikatisiz 29 ta taʼlim yönalişiga hujjat topşiriş mumkin emas
Joriy yil qabulidan boşlab birinçi fani çet tili bölgan 29 ta taʼlim yönalişiga hujjat topşiriş uçun milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi.

Qonunçilikka köra, 2024-yil 24-maydagi PF-81-son farmoni asosida 2025/2026-öquv yili qabulidan boşlab fanlar majmuasida çet tili birinçi fan sifatida belgilangan taʼlim yönalişlariga qabul xorijiy tilni biliş darajasini belgilovçi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oşiriladi. Bunday yönalişlar soni 29 taga yetadi.
Bu yönalişlarda çet tilidan test sinovi ötkazilmaydi, abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etişi lozim. Sertifikatsiz hujjat topşiriş imkoni yöq.
Talab abituriyent tanlagan yönalişda birinçi fan çet tili bölgan holatda amal qiladi. Birinçi fan sifatida ingliz, nemis yoki fransuz tili aniq körsatilgan bölsa, ayni şu fan böyiça sertifikat talab etiladi. Birinçi fan “Çet tili” deb körsatilgan taʼlim yönalişlariga esa bakalavriat uçun tasdiqlangan milliy va xalqaro sertifikatlardan biri taqdim etilişi kifoya.



