“Bayroğim mening nigohimda” videoroliklar tanloviga işlar qabul qilinmoqda
18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayroğim mening nigohimda” videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi. Işlar Instagram orqali qabul qilinadi.

18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayroğim mening nigohimda” videoroliklar tanlovi boşlandi. Tanlovda Davlat bayroği, Vatanga muhabbat va milliy ğurur mavzusini yoritgan işlar qatnaşadi.
Tanlov talablari quyidagiça belgilangan:
- öziga xos va original ğoya
- Davlat bayroği, Vatanga muhabbat va milliy ğurur mavzusini mazmunli yoritiş
- aniq ssenariy va taʼsirçan syujet
- Instagram Reels uçun 9:16 vertikal yoki 16:9 gorizontal format
- tasvir, montaj va ovoz uyğunligi
Oddiy fotosuratlardan tuzilgan slayd-şoular, mavzuga aloqasiz işlar hamda boşqa mualliflarning videolaridan ruxsatsiz foydalanilgan roliklar qabul qilinmaydi.
Iştirok tartibi quyidagiça: videorolik tayyorlanadi, Instagram profiliga Reels sifatida joylanadi va joylaş çoğida @yoshlar.uzb sahifasi hamkor (Collab) sifatida taklif qilinadi. Sahifani Collab hamkorligiga taklif qiliş — tanlovda iştirok etişning majburiy şarti, oddiy belgilaş (tag) yetarli hisoblanmaydi.
Videoroliklar kreativlik, ssenariy, mavzuga moslik, texnik sifat va hissiy taʼsir mezonlari asosida baholanadi.



