“Munozara” turniri finalida ikki poytaxt jamoasi o‘zaro bellashadi
2026-yil 22-may kuni Namangan viloyatida “Munozara” intellektual turnirining respublika bosqichi finali o‘tkaziladi. Final o‘yinida Toshkent shahri sharafini himoya qilayotgan ikki jamoa uchrashadi.

Turnirning respublika bosqichi ayni kunlarda Namangan viloyatida davom etmoqda. Final bosqichiga yo‘l olgan har ikki jamoa ham Toshkent shahri sharafini himoya qilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Munozara” intellektual debat turniri O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkaziladi. Har bir jamoa uch nafar ishtirokchidan iborat bo‘ladi, bellashuvlar esa oliy ta’lim tashkiloti, hududiy va respublika bosqichlari tartibida yo‘ritiladi.
Final o‘yini 22-may kuni soat 16:00da Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “Taraqqiyot yoshlari” hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining “Elita” jamoalari o‘rtasida o‘tkaziladi. Soat 14:00da uchinchi o‘rin uchun bahs bo‘ladi, unda Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar” jamoasi ishtirok etadi.



