“Ajdodlar izidan” tanlovining 2026-yilgi hududiy bosqichlariga start berildi
“Ajdodlar izidan” intellektual tanlovining 2026-yilgi mavsumi hududiy bosqichlari e’lon qilindi. O‘yin kuch tuzilmalaridagi 30 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

“Ajdodlar izidan” intellektual tanlovining 2026-yilgi mavsumi hududiy bosqichlariga rasman start berildi. Hududiy bosqichlar may oyidan boshlanadi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi hamda DXX Chegara qo‘shinlaridagi 30 yoshdan oshmagan harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida o‘tkaziladi.
O‘yinda buyuk allomalarning jamiyat va davlat hayotida amalga oshirgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va harbiy islohotlari, shuningdek, badiiy kitoblar asosida savol-javob o‘tkaziladi. Hududiy bosqichda o‘ynaladigan kitoblar ro‘yxati quyidagicha:
- Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” tarixiy romani;
- Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” qissasi;
- Jyul Vernning “O‘n besh yoshli kapitan” sarguzasht romani;
- “Jadidlar” to‘plami (G‘ulom Zafariy, Is’hoqxon To‘ra Ibrat);
- “Uyg‘onish” to‘plami (Abu Mansur al-Moturidiy).
Kitoblarning elektron variantlari hamda tanlov nizomi tashkilotchilar e’lon qilgan havolalar orqali taqdim etilgan.



