Bojxona organlarining yoş xodimlari örtasida “Ajdodlar izidan” tanlovi ötkazildi
“Yoşlar oyligi” doirasida bojxona organlarida xizmat qilayotgan yoş xodimlar örtasida “Ajdodlar izidan” intellektual körik-tanlovi ötkazildi. Tanlovda uç viloyat bojxona boşqarmasi hamda Bojxona instituti jamoalari qatnaşdi.
1 / 6Körik-tanlov bojxona organlarida xizmat qilayotgan yoş xodimlarning intellektual salohiyati, kitobxonlik madaniyati va milliy qadriyatlarga hurmatini oşiriş maqsadida taşkil etildi. Unda Samarqand, Sirdaryo va Farğona viloyati bojxona boşqarmalari hamda Bojxona instituti jamoalari iştirok etdi.
Iştirokçilar milliy va jahon adabiyoti, jadidlar merosi hamda ajdodlarning ilmiy-maʼnaviy faoliyatiga oid savollar örqali öz bilim va tafakkurini sinovdan ötkazdi.
Yakuniy natijalarga köra uçinçi örinni Farğona viloyati bojxona boşqarmasi, ikkinçi örinni Sirdaryo viloyati bojxona boşqarmasi jamoasi egalladi. Tanlov ğolibi Bojxona instituti jamoasi böldi. Tadbir davomida Bojxona institutining Aşula va raqs ansambli madaniy dastur namoyiş etdi.








