Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “Yuristlar” jamoasi shahar bosqichida g‘olib chiqdi
“Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining Toshkent shahar bosqichi yakunlanib, g‘oliblar aniqlandi. Birinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “Yuristlar” jamoasi egalladi.
1 / 6
“Ajdodlar izidan” o‘yini g‘oliblari
Bosqich yakunlari bo‘yicha umumiy hisobda uch jamoa sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Birinchi o‘rin Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “Yuristlar” jamoasiga, ikkinchi o‘rin Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining “Temuriylar” jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Bojxona qo‘mitasi Bojxona institutining “Bojxona instituti” jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, vazirlik va idoralar tizimi kesimida quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladi:
Mudofaa vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalar o‘rtasida — Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining “Temuriylar” jamoasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalar o‘rtasida — Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining “Xaloskorlar” jamoasi
Ichki ishlar vazirligi tizimidagi harbiy qism va muassasalar o‘rtasida — Ichki ishlar vazirligi akademiyasining “Yuristlar” jamoasi
Milliy gvardiya tizimidagi harbiy qism va muassasalar o‘rtasida — Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasining “She’rlar” jamoasi
Bojxona qo‘mitasi tizimidagi muassasalar o‘rtasida — Bojxona qo‘mitasi Bojxona institutining “Bojxona instituti” jamoasi